Ayol Tadbirkorlarning Muvaffaqiyat sirlari.
Assalomu aleykum, hurmatli so'rovnoma ishtirokchilari!!!

Mening ismim Adolat. Hozirda Korea Respublikasi Ewha Ayollar Universiteti (Ewha Womans University) Xalqaro Tadbirkorlik va Gender Tenglik yo'nalishining magistratura bosqichi talabasiman. Ushbu so'rovnoma magistrlik ilmiy ishimning asosiy ma'lumotlar manbai bo'lib xizmat qiladi. So'rovnoma O'zbekistondagi tadbirkor ayollarning faoliyatini chuqurroq o'rganish, tadbirkorlik faoliyati doirasida ularning  nima sababdan muvaffaqiyatsizliklarga uchrayotganliklari, muvaffaqiyatsizlikdan keyingi keladigan yutuqlar ortidagi qizg'in jarayonlar haqida bo'ladi.

Sizning ishtirokingiz ixtiyoriydir: sizga maqul kelmagan savollarga javob bermasligingiz, bo'sh qoldirishingiz va so'rovnomani xohlagan paytingizda to'xtatishingiz mumkin. Quyida beriladigan savollarga javoblar ruxsatingizsiz ilmiy ishimdan tashqari boshqa hech qanday manbada ko'rsatilmaydi. Beriladigan savollarga faqat o'z faoliyatingizdan kelib chiqib javob berishingiz tavsiya etiladi.

So'rov formati: So'rovnoma 33/41 ta savoldan tashkil topgan, savollar ochiq, yopiq va tanlovli shaklda berilgan. Savollarni yaxshilab o'qib ularga to'g'ri, halol va aniq javob berishingiz so'rab qolinadi. 

Ushbu ma'lumotlar to'plangandan so'ng 2 hafta ichida o'rganib chiqiladi va ilmiy ishim uchun foydalaniladi. Ilmiy ishning yakuniy natijasi Noyabr oyida  tayyor bo'ladi va maxsus bo'limga topishiriladi. Agar natijalar siz uchun ham qiziq bo'lsa, ularni siz bilan bo'lishishdan mamnun bo'laman!!!

Ushbu tadqiqotga qo'shgan qimmatli vaqtingiz va hissangiz uchun tashakkur. 

Hurmat bilan,
Adolat
Sign in to Google to save your progress. Learn more
Yuqorida berilgan ma'lumotlarni diqqat bilan o'qigan bo'lsangiz, so'rovnomada qatnashish uchun rozimisiz? *
Next
Clear form
Never submit passwords through Google Forms.
This content is neither created nor endorsed by Google. Report Abuse - Terms of Service - Privacy Policy